Yomg'irli va qorli kunlarda xavfsiz haydashning birinchi qoidasi — bu toza va tiniq old oynadir. Li Auto (Lixiang) modellar qatori uchun maxsus ishlab chiqilgan karkassiz oyna artgichlar (dvorniklar) avtomobilingiz oynasiga mukammal yopishib, birinchi harakatdayoq suv va kirlarni izsiz tozalaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Shovqinsiz va silliq ishlash: Maxsus grafit qoplamali elastik kauchuk rezina oyna yuzasida g'ijirlamasdan va sakramasdan yumshoq sirpanadi.
- Iz va chiziqlarsiz tozalik: Aerodinamik karkassiz konstruksiya cho'tkaning oyna bo'ylab bir tekis bosimda turishini ta'minlaydi, hatto katta tezlikda ham suv pardasini qoldirmaydi.
- 4 mavsumga chidamli (Всесезонные): Qishning qattiq sovug'ida qotib qolmaydi va O'zbekistonning jazirama yoz quyoshida yorilib ketmaydi.
- 100% zavod mosligi (OEM T41663C): Qo'shimcha perexodniklarsiz, Li Auto zavod mahkamlagichiga (tugmali qisqichga) 1 daqiqada oson o'rnatiladi.
Mos keluvchi modellar:
- Li Auto (Lixiang) L6 / L7 / L8 / L9
- Li Auto ONE / MEGA
- Li Auto i6 / i8