• 13 dyuymli krank va 16 kg og‘irlikdagi махovik juda silliq va barqaror aylanishni ta’minlaydi. Maksimal foydalanuvchi vazni 170 kg bo‘lib, bu uning mustahkam va ishonchli ekanini ko‘rsatadi. Qurilmaning yig‘ilgan holatdagi o‘lchami 1270 × 510 × 1320 mm.
Velotrenajyor LED konsol va aylantirma boshqaruv tugmasi (rotation knob) bilan jihozlangan. Displeyda tezlik, vaqt, masofa, yoqilgan kaloriyalar ko‘rsatiladi. Bluetooth funksiyasi mavjud bo‘lib, yurak urishini Bluetooth orqali o‘lchash imkonini beradi. Bu mashg‘ulotlarni yanada aniq va samarali nazorat qilishga yordam beradi.
LGM-07 o‘zini zaryadlovchi (self generating system) qarshilik tizimiga ega. Ya’ni, u elektr tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydi va energiyani foydalanuvchi harakati orqali ishlab chiqaradi. 32 darajali yuklama tizimi har qanday tayyorgarlik darajasidagi sportchilar uchun mos intensivlikni tanlash imkonini beradi.

