LG 6501KW2001A taхodatchik (Hall datchigi) kir yuvish mashinasining motor aylanish tezligini nazorat qiluvchi muhim detal hisoblanadi. Ushbu model LG’ning Direct Drive (to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatma) tizimiga ega mashinalari uchun mo‘ljallangan.
Datchik motor aylanishi haqida boshqaruv platasiga aniq signal yuboradi. Shu sababli mashina barqaror ishlaydi, baraban silliq aylanadi va siqish (otjim) rejimi to‘g‘ri bajariladi. Agar taхodatchik ishdan chiqsa, mashina aylantirmasligi yoki xato kodi chiqarishi mumkin.
Ko‘p hollarda faqat datchikni almashtirish orqali muammo hal qilinadi va motorni almashtirish talab etilmaydi.
✔ Aniq va barqaror signal uzatish
✔ Ishonchli va uzoq xizmat muddati
✔ Oson o‘rnatish
✔ Motor ishlashini tiklaydi

