LG konditsioneringizning pulti yo'qoldimi yoki ishdan chiqdimi? Ushbu masofadan boshqarish pulti asl qurilmaning o'rnini to'liq bosadi va konditsioneringizning barcha funksiyalarini qayta tiklaydi. Qurilma yuqori sifatli va chidamli ABS plastikdan tayyorlangan bo'lib, tugmalari yumshoq va bosishga qulay. Korpus pastki qismida ochiluvchi maxsus qopqoq (panel) mavjud bo'lib, u qo'shimcha va kengaytirilgan sozlamalarni chang va tashqi ta'sirlardan himoya qiladi. Xonaning istalgan burchagidan turib konditsionerni boshqarish imkoniyatini beruvchi kuchli IK-datchik bilan jihozlangan. Hech qanday qo'shimcha sozlamalar yoki kodlar kiritish talab etilmaydi — shanchaki batareyalarni o'rnating va foydalanishni boshlang. Issiq kunlarda xonani sovutish, qishda esa isitish rejimlarini oson boshqaring.

