Kiborlar jamiyatining a’zosi bo‘lgan Nexlyudov nikohlanmagan ota-onadan tug‘ilgan, voyaga yetgach islovatxonadan panoh topgan, oxir-oqibat katorgaga hukm qilingan Katerina Maslovaning taqdirida o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Vijdoni oldidida javob berar ekan, u qizga yaxshilik qilibgina o‘zini ma’naviy azoblardan xalos qilishi , kerak bo‘lsa unga uylanishga ahd qilishi kitobxonni inson ruhining naqadar ulug‘vorligini tan olishga chorlaydi.
Sevimli adibimiz Asqad Muxtor ta’biri bilan aytganda, ""Tolstoy- buyuk xalqning qalbi va ovozi, ezgulik va mardlik timsoli. U bitmas-tuganmas xazina , hamma joyda hozir-u nozir vijdon hakamidir. Bu -doimiy tashnalik, bir umr izlanish, ruhiy bezovtalik . Qadimgi yunonlarning Gomer haqida aytgan gapini Tolstoyga ham qo‘llash mumkin: u shunday sahovatli boylikki, qancha olishga qurbing yetsa, shuncha beradi

