Atoqli rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoy (1828–1910) "Hojimurod" qissasini 1896–1904-yillarda yozgan. Uning 1851–1853-yillarda harbiy xizmatda bo‘lganligi va Kavkazdagi janglarda qatnashganligi ma’lum. Qissani yozish davomida Tolstoy Hojimurod haqidagi tarixiy manbalarni chuqur o‘rganib, uni bilgan, ko‘rgan, asarda tasvirlangan voqealarning guvohi bo‘lgan kishilar bilan uchrashib, ularning xotiralarini tinglaydi va o‘zining benazir asarini yaratadi.

