• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 328
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Kitob Russ tilida
• Batafzil o'qing😊
Flora Makkenzi yigirma olti yoshda, u hali ham turmushga chiqmagan va hatto yigiti ham yo‘q. Uydan ishga, ishdan uyga - London metrosining liq to‘la vagonida ketayotganingda qanday qilib tanishasan... "Tinder" orqali uchrashuvlar? Bu borada uning omadi yurishmayapti, buning ustiga u anchadan beri o‘z xo‘jayini Joelga oshiq-u beqaror bo‘lib qolgan, xo‘jayini esa uni mutlaqo payqamaydi. Nazarimda, hayot kundalik ikir-chikirlarga aylanib borayotgandek... Ammo ajoyib kunlarning birida hamma narsa o‘zgaradi: xo‘jayin Floraga o‘zi tug‘ilgan kichik Shotlandiya orolida ko‘chmas mulk sotib olgan muhim mijozning muammosini hal qilishni topshiradi. Oh, u yerga borgisi kelmayapti! Lekin bu ish hal bo‘ldi va Flora yo‘lga tushadi. U tez orada kichkina restoranning xo‘jayini bo‘lishini va bu uning avvalgi tasavvurlarini - hayot haqida ham, o‘zi haqida ham o‘zgartirib yuborishini hali bilmaydi.

