"Leksington arvohlari" Haruki Murakami ijodining eng noyob, eng
murakkab psixologiya va metafizika uyg'unlashgan hikoyalar to'plami-
dir. Bu kitobda muallif inson ongining yashirin qatlamlari, yolg'izlikning
sokin, ba'zan qo'rqinchli ohanglari, tasodif va taqdirning kutilmagan
to'qnashuvlarini o'ta nozik estetik sezgirlik bilan badiiy aks ettiradi. Mu-
rakami qahramonlari kechagi xotiralar, murakkab tuyg'ular, o'tmishdagi
og'riqlar va tushunarsiz hodisalar domida yashaydi. Hikoyalar syujeti so-
kin, lekin ichki keskinlik bilan to'la. Muallif g'ayritabiiylik va real hayot
o'rtasidagi pillapoyalar uzra yurib, o'quvchini ham bu noaniq, jozibali
hududga boshlab kiradi. Uning minimalizm, ichki musiqiylik va metaforik
qatlamlar uyg'unligining yorqin namunasi bo'lgan uslubi inson ruhi, vaqt,
xotira va yolg'izlik haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o'rtaga qo'ya
olgani hamda sukunli bezovtalik hissiga to'ldirishi bilan o'qirmanni aslo
befarq qoldirmasligiga ishonamiz.

