Hammasi haqiqatan boʻlganiga ishongingiz kelmaydi!
“Laylo” — Bosniya urushi davrida serb millatchilari tomonidan asir olinib, zo‘ravonlikka uchragan musulmon qizning hayoti haqidagi hujjatli-badiiy asar.
Urush payti hali voyaga ham yetmagan Laylo eng jirkanch va chirkin voqealarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Bu qadar azoblarga u juda katta matonat va ilohiy moʻjiza sabab bardosh beradi. Ammo barcha zo‘ravonlik, tajovuz va qiynoqlar uning sog‘lig‘i va ruhiyatida jiddiy jarohatlar qoldiradi.
“Yuragi boʻshlar oʻqimasin” demaymiz. Faqat “ruhan baquvvatlar” oʻqisin!

