IFOR TAVSIFI
Lattafa Musamam White Intense — bu BAA (Dubay)da ishlab chiqarilgan arab parfyum bo'lib, ham ayollar, ham erkaklar tomonidan sevib kiyiladigan uniseks atir hisoblanadi. Flakonni ochgan zahoti siz bergamot, apelsin va ziravorlarning yorqin, quyoshli tiniqligini his qilasiz. Bir necha daqiqadan so'ng kokos va iланг-iланг notalari ochilib, ushbu duxi ga tropik va nafis krem-gul tusini beradi, amber esa unga zamonaviy chuqurlik qo'shadi. Kun oxirida sandal, mushk va benzoin terida iliq va nafis iz qoldiradi. Bu chidamli parfyum ayniqsa yoz kunlari uchun mos, shu bilan birga kechki tadbirlarga ham juda yarashadi.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: bergamot, apelsin, ziravorlar
O'rta notalar: kokos, ilang-ilang, amber (ambroksan), mahonial
Asosiy notalar: sandal, mushk, benzoin
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Turi: Eau de Parfum (EDP)
Hajmi: 100 ml flakon
Jinsi: uniseks atir — ayollar va erkaklar uchun mos
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Mavsum: yoz uchun ayniqsa mos duxi, lekin yil bo'yi ishlatsa bo'ladi
Vaziyat: kunduzgi va kechki foydalanish uchun bab-baravar, sovga uchun ham mos parfyum
NIMA UCHUN SIZ LATTAFA MUSAMAM WHITE INTENSE NI TANLASHINGIZ KERAK?
Agar sizga tropik, kremsimon va quyoshli uniseks hidlar yoqsa — bu tanlov aynan siz uchun. Yuqori sifatli tarkibi tufayli bu arab parfyum qimmat lyuks atirlarga juda yaqin hid beradi, shu bilan birga narxi ancha qulay. Bunday chidamli va nafis duxi yoz kunlari uchun ham, sovg'a sifatida ham ajoyib tanlov bo'ladi.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

