IFOR TAVSIFI
Lattafa Musamam — bu BAA (Dubay)da ishlab chiqarilgan arab parfyum bo'lib, ham ayollar, ham erkaklar tomonidan sevib kiyiladigan uniseks atir hisoblanadi. Flakonni ochgan zahoti siz shafronning nozik achchiqligi, mandarinning shirali tiniqligi va lavandaning gulli yumshoqligini his qilasiz. Bir necha daqiqadan so'ng amber yog'ochi, kedr va geran notalari ochilib, ushbu duxi ga yog'ochsimon va biroz tutunsimon chuqurlik beradi. Kun oxirida akigalavud, ladan va lyadan terida iliq, teri hidiga o'xshash nafis iz qoldiradi. Bu chidamli parfyum ayniqsa sovuq mavsumlar uchun mos, o'ziga xos va unutilmas hid izlaydigan har bir kishi uchun ajoyib tanlov.
IFOR PIRAMIDASI
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
NIMA UCHUN SIZ LATTAFA MUSAMAM NI TANLASHINGIZ KERAK?
Agar sizga yog'ochsimon, ziravorli va biroz tutunsimon uniseks hidlar yoqsa — bu tanlov aynan siz uchun. Yuqori sifatli tarkibi tufayli bu arab parfyum qimmat lyuks atirlarga juda yaqin hid beradi, shu bilan birga i ancha qulay. Bunday chidamli va nafis duxi sovuq kunlar uchun ham, yaqin insonga sovga qilish uchun ham ajoyib tanlov bo'ladi.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

