• Yuqori notalar: Nok, Mandarin, Bergamot
• Yurak notalari: Qora atirgul, Vanil orkidesi
• Asos notalari: Paçuli, Pralin, Karamel, Qahva, Kumarin
• Hajmi: 75 ml
• Jinsi: Ayollar
Lancôme La Nuit Trésor — bu kechki sehr, romantika va ayollik qadrini o‘zida mujassam etgan hashamatli ayollar parfyumi. U o‘zining chuqur, shirin va issiq kompozitsiyasi bilan har bir qadamda joziba yaratadi. Parfyumning asosiy g‘oyasi — “muhabbat eliksiri”, ya’ni ayolning o‘ziga xos nozikligi va kuchli ichki maftunkorligini ifodalash.
Flakonning olmossimon dizayni esa ushbu parfyumning haqiqiy qimmatbaho aksessuarga o‘xshashligini ta’kidlaydi. Kristall shaklidagi qiya turuvchi shisha har qanday kosmetika stoliga o‘zgacha hashamat bag‘ishlaydi.
La Nuit Trésor o‘z kompozitsiyasini yorqin va shirindan boshlaydi — nok, bergamot va nozik mandarin notalari birinchi zarbada yorqinlik va yangi shirinlik baxsh etadi.
Shundan so‘ng, parfyumning yuragi sekin ochilib, uning eng jozibador qatlamini namoyon qiladi — qora atirgul va vanil orkidesi kombinatsiyasi. Bu ikki nota aromaga romantik, ayolona va muloyim chuqurlik beradi.
Aromaning eng uzoq saqlanadigan qismi esa juda boy va iliq — paçuli, karamellangan pralin, qahva va engil tutunli akkordlar. Ular terida uzoq saqlanib, kech davomida unutilmas iz qoldiradi.


