LAGOM Travel Kit (YANGILANGAN VERSIYASI):
LAGOM Travel Kit (Renewal Ver.) — bu LAGOM brendining eng mashhur mahsulotlarini o‘z ichiga olgan premium mini-set bo‘lib, kundalik parvarish, sayohat va mahsulotlarni sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan. To‘plam terini tozalash, namlantirish va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Qulay hajmdagi mahsulotlar tufayli uni safarlarda, xizmat safarlarida yoki sport zalida bemalol foydalanish mumkin. Teri balansini saqlashga yordam beruvchi ushbu to‘plam barcha teri turlari uchun mos keladi.
Nabor ichidagi mahsulotlar
• LAGOM Cellup Gel to Water Cleanser — 30 ml
• LAGOM Cellup Micro Foam Cleanser — 30 ml
• LAGOM Cellus Revive Essence Toner — 25 ml
• LAGOM Niacin Hydro Serum — 10 ml
• LAGOM Cellus Deep Cream Moisture — 9 ml
LAGOM Travel Kit AFZALLIKLARI:
✨ Terini chuqur va muloyim tozalaydi – Gel to Water Cleanser hamda Micro Foam Cleanser teridagi kirlar, ortiqcha yog‘, SPF va makiyaj qoldiqlarini samarali tozalab, terini quritib yubormaydi.
💧 Intensiv namlantirishni ta’minlaydi – Essence Toner, Niacin Hydro Serum va Deep Cream Moisture terining namlik darajasini saqlashga yordam beradi hamda uzoq vaqt davomida namlikni ushlab turadi.
🛡️ Teri himoya qatlamini mustahkamlaydi – Niacinamide, gialuron kislotasi va boshqa faol komponentlar terining tabiiy himoya funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va tashqi omillarga chidamliligini oshiradi.
🌿 Teri balansini tiklashga yordam beradi – Mahsulotlar terining namlik va yog‘ muvozanatini saqlashga ko‘maklashib, sog‘lom va parvarishlangan ko‘rinish beradi.
✨ Teri rangini yaxshilaydi va yorqinlik beradi – 5% niatsinamid va namlantiruvchi komplekslar teri teksturasini silliqlashga, rangini bir tekis qilishga hamda tabiiy yorqinlik berishga yordam beradi.
🌸 Barcha teri turlari uchun mos – Quruq, normal, aralash va sezgir teri egalari uchun kundalik foydalanishga tavsiya etiladi.
✈️ Sayohatlar uchun qulay format – Mini hajmdagi mahsulotlar safar, xizmat safari, sport zali yoki kundalik foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi.
🎁 LAGOM mahsulotlari bilan tanishish uchun ideal to‘plam – Brendning bestseller mahsulotlarini sinab ko‘rish va to‘liq hajmdagi mahsulotni tanlash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1. Cellup Gel to Water Cleanser (30 ml)
Ertalab nam yuzga yetarli miqdorda surtib, muloyim massaj qiling va iliq suv bilan yuvib tashlang.
2. Cellup Micro Foam Cleanser (30 ml)
Kechqurun kaftingizga oz miqdorda olib, ko‘pirtiring. Yuzga surting, yengil massaj qiling va iliq suv bilan yuvib tashlang.
3. Cellus Revive Essence Toner (25 ml)
Tozalangan teriga yetarli miqdorda surtib, yengil urib singdiring.
4. Niacin Hydro Serum (10 ml)
Tonerdan keyin 2–3 tomchi serumni yuz va bo‘yin sohasiga surting, to‘liq singguncha yengil massaj qiling.
5. Cellus Deep Cream Moisture (9 ml)
Parvarishning oxirgi bosqichida kerakli miqdorda olib, yuz va bo‘yin terisiga bir tekis surting.
Tavsiya: Ertalabki parvarishdan so‘ng quyoshdan himoya qiluvchi krem (SPF) qo‘llash tavsiya etiladi.
KLINE BEAUTY — bu siz izlayotgan 100% original koreys kosmetikasi olami! 🇰🇷✨
KLINE BEAUTY jamoasi do‘konimizdagi barcha mahsulotlarning 100% original koreys kosmetikasi ekanligiga kafolat beradi. Mahsulotlar Koreyadan shaxsan o‘zimiz tomonidan O‘zbekistonga yetkazib beriladi, bu esa ularning haqiqiyligi va sifatini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.
Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, iltimos, KLINE BEAUTY do‘konimiz bilan bog‘laning. Mutaxassislarimiz sizga mamnuniyat bilan yordam berishadi.

