Lagom Cellus Mist Toner namlantiruvchi toner-misti terini tetiklashtiradi, tortishish hissini yoʻqotadi va kun davomida optimal gidrolipid balansini saqlashga yordam beradi.
Terini yanada silliq va mayin qiladi, quruq sohalarni yumshatadi, taʼsirlanishni (yalligʻlanishni) tinchlantiradi. Suvsizlanishni bartaraf etadi, tabiiy namlantiruvchi faktor (NMF) darajasini oshiradi.
NMF — bu epidermis hujayralarida joylashgan va terida namlikni saqlashga javobgar boʻlgan aminokislotalar, minerallar va peptidlar majmuasidir. Turli omillar taʼsirida organizmda asta-sekin tabiiy namlik yetishmovchiligi yuzaga keladi, natijada teri oʻz tarangligi va elastikligini yoʻqotadi. Vosita NMF ishlab chiqarilishini faol ragʻbatlantiradi va hujayralarning namlikni ushlab turish qobiliyatini yaxshilaydi.
Yengil mist tez soʻriladi va yopishqoqlik hissini qoldirmaydi.
Vosita tarkibida patentlangan Aqualicia® komponenti mavjud boʻlib, u suv kanallari kabi ishlaydigan maxsus oqsillar — akvaporinlar faolligi va ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi: akvaporinlar namlikni epidermisning chuqur qatlamlariga tashishga yordam beradi. Aqualicia® terining suv balansini saqlashga koʻmaklashadi, suvsizlanishning oldini oladi, NMF darajasini oshiradi va terining tabiiy himoya toʻsigʻini mustahkamlaydi.
Asosiy faol komponentlar:
- Ildiz hujayralari (Stvoloviy hujayralar) organizmning uxlab yotgan hujayralarini faollashtiradi, hujayralararo almashinuv jarayonlarini va toʻqimalarda mikrosirkulyatsiyani tezlashtiradi, epidermisning yangilanish jarayonlarini tiklaydi.
- Mochevina (Karbamid) terining tabiiy namlik balansini saqlaydi. Antibakterial, virusga qarshi va mikroblarga qarshi taʼsirga ega. Boshqa ingredientlarning teriga chuqurroq kirib borishini yaxshilaydi.
- Islandiya moxi ekstrakti antioksidant xususiyatlarga ega, qarish jarayonlarini sekinlashtiradi, tashqi qoʻzgʻatuvchilarning salbiy taʼsiridan himoya qiladi. Hujayralarni namlik bilan toʻyintiradi, uning terining chuqur qatlamlarida saqlanishiga yordam beradi, tabiiy namlik darajasini ushlab turadi va suvsizlanishga yoʻl qoʻymaydi.
- Oʻsimlik proteinlari (oqsillari) terini aminokislotalar bilan boyitadi, hujayralar yangilanishini ragʻbatlantiradi. Kuchli antioksidant xususiyatlarga ega boʻlib, terini mustahkamlaydi va uning himoya funksiyalarini yaxshilaydi. Yumshoqlik va baxmalli mayinlik baxsh etadi.
- Pantenol (B5 vitamini) teri qoplamalarining butunligini tiklashni ragʻbatlantiradi, qizarish va taʼsirlanishni yoʻqotadi, jarohatlarni bitkazuvchi xususiyatga ega.
- Miya ildizi (Solodka) ekstrakti regeneratsiya qiluvchi (tiklovchi) taʼsirga ega, taʼsirlanish belgilari va shishlarni kamaytirishga yordam beradi, tinchlantiradi va kollagen sintezini ragʻbatlantiradi.