• Yorqin va sog‘lom teri uchun
• Pigment dog‘larini kamaytiradi
• Ajinlarning oldini oladi
• Qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi
• Tabiiy antioksidant himoya
• Har qanday teri turiga mos
LA'CORE Pure Vitamin C Serum (Zardob) – bu zamonaviy kosmetologiya va ilm-fanning mukammal uyg‘unligi. Serum tarkibidagi Askorbin kislotasi (Vitamin C) terini yorqinlashtiradi, pigment dog‘larini kamaytiradi va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Natijada teri yanada elastik va yoshroq ko‘rinadi.
Niacinamide (Vitamin B3) terining rangini bir xil qiladi, qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi, yog‘ ajralishini muvozanatlashtiradi, shu bilan yuzingiz silliq va sog‘lom ko‘rinadi. Ferulik kislota va Vitamin E terini erkin radikallardan himoya qiladi va Vitamin C ning ta’sirini oshiradi.
Panthenol (Provitamin B5) terini tinchlantiradi, tiklanishni tezlashtiradi, qizarish va bezovtaliklarni kamaytiradi. Sodium Hyaluronate terini chuqur namlaydi, mayda ajinlarni ko‘rinishini kamaytiradi va yuzga silliq va to‘ldirilgan ko‘rinish beradi. Serum tez so‘riladi, yog‘li qoldiq qoldirmaydi va yuzingizni tabiiy, sog‘lom porlash bilan ta’minlaydi.

