Ehtimol, hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta biror ajoyib filmni tomosha qilar ekansiz, o‘ylab qolgandirsiz: filmlar umuman qanday suratga olinadi?
Rollarga aktyorlar qanday tanlanadi? Ssenariyni kim yozadi? Ba’zan bir necha daqiqa davom etadigan sahnani suratga olish uchun bir necha soat, hatto kunlar ketishi rostmi?
Labrador Trison ham bularning bariga juda qiziqadi, shuning uchun u Gollivudga yo‘l oladi! Chamadonlaringni yig‘ishtirib, u bilan birga boshqa qit’aga — olis Amerikaga uchib ket.

