Kislotali LABÁ toniki muammoli teri sifatini yaxshilash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Tarkibida rux, salitsil kislotasi, yashil choy va sirach (soladka) ekstraktlari kabi faol komponentlar mavjud. Ushbu komponentlar sebum ishlab chiqarilishini kamaytirishga, yallig'lanishlar sonini kamaytirishga yordam beradi va yangilarining paydo bo'lishining oldini oladi. Tonik antibakterial xususiyatga ega. Tarkibidagi niatsinamid terini tinchlantiradi va uning himoya to'sig'ini mustahkamlaydi. Tonik teksturasi yengil, qulay, teriga yopishqoqlik va parda hissini bermaydi.
Niatsinamid sebum ishlab chiqarilishini tartibga soladi va teshiklarni toraytiradi, tirnashishni yo'qotadi, tinchlantiradi va yumshatadi.
Tsink PCA antibakterial xususiyatga ega, bakteriyalarning ko'payishining oldini olishga yordam beradi va teri yog'ining ishlab chiqarilishini tartibga soladi.
Salitsil kislotasi qora nuqtalarni yo'qotadi, teshiklarni toraytiradi, yog'li yaltiroqlikni yo'qotadi, epidermisning muguzlangan hujayralarini tozalaydi.
Yog'li va aralash teri uchun mos, har kunlik qo'llash uchun yaroqli.
Sezgir yuz terisiga ega insonlar ehtiyotkorlik bilan qo'llasin!

