Gialuron kislotasi bilan boyitilgan yumshoq tonik epidermisning yuqori qatlamini nozik tarzda tozalaydi va namlaydi. Mikrosirkulyatsiyani va to'qima nafas olishini rag'batlantiradi, teri mikrorelyefini tekislaydi. Tonik terini keyingi parvarish bosqichlariga (krem, niqob, flyuid, serum) tayyorlaydi, foydali moddalarning epidermisga chuqurroq kirib borishiga yordam beradi. Terining fiziologik pH darajasini va himoya funksiyasini tiklaydi. Tonik teksturasi yengil, qulay, yopishqoqlik hissi va parda qoldirmaydi.
Yuz uchun tonikning namlantiruvchi ta'siri darhol seziladi! U terining chuqur qatlamlariga singib kiradi, zarur namlikni yetkazib beradi va uning darajasini tiklaydi. Tarkibidagi gialuron kislotasi tufayli u namlikni samarali ushlab turadi va terinigizni yumshoq, namlangan hamda porloq qiladi. Terinigiz jonlanib, tarang bo'lganini his qilasiz. Laba brendining tozalovchi va matlashtiruvchi yuz toniki make-up qoldiqlarini, ortiqcha sebumni hamda toshma paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ifloslanishlarni ehtiyotkorlik bilan tozalaydi.
Barcha teri turlari uchun mos, har kunlik qo'llash uchun yaroqli.

