PhytoCellTec — ikkita faol komponentga ega yoshartiruvchi (anti-age) serum.
Yuqori molekulyar gialuron kislotasi — terining yuqori qatlamida ishlaydi, namlikni ichida ushlab turuvchi yupqa parda hosil qiladi. Darhol tortilish effektini ta'minlaydi, teriga silliqlik beradi, uni yanada elastik va tashqi salbiy ta'sirlarga chidamli qiladi.
PhytoCellTec™ Malus Domestica — noyob shveytsariya olmasining ildiz hujayralari asosidagi faol komponent bo'lib, epidermisning chuqur qatlamlariga kirib boradi. Xronologik qarishga qarshi kurashadi, terining regenerativ salohiyatini oshiradi, ko'z atrofidagi teri elastikligini yaxshilaydi va mayda ajinlarni tekislaydi, terining o'z ildiz hujayralari samaradorligini 92% ga oshiradi, teri zichligini 27% ga oshiradi, foydalanishning 28-kunida "g'oz oyoqchalari" (ko'z atrofidagi ajinlar) 11,1% va undan ko'proq kamayadi. Serumdan maksimal natija foydalanishning 3-oyida qo'lga kiritiladi.
Serum yengil teksturaga ega, teriga oson taqsimlanadi va tezda shimiladi, yopishqoqlik hissi qoldirmaydi. Barcha teri turlari uchun mos, har kuni qo'llash uchun yaroqli.

