Ba’zan chinakam go‘zallik oldida so‘zlar ojizlik qiladi. Uni tasvirlab bo‘lmaydi — uni faqatgina his qilish mumkin. LA RIVE METAPHOR – bu nafosat, ishonch va zamonaviy jasoratni aks ettirib, sizning nomingizdan so‘zlovchi ifordir. Bu – nafis gullar va iliq qahrabo notalaridan to‘qilgan ayollik timsolidir.
Qarama-qarshiliklarning nafis o‘yini
Ushbu ifor mohirona yozilgan dostonga qiyos. U kompozitsiyaga tetiklik va sirli joziba baxsh etuvchi nok va bergamotning yorqin notalari bilan boshlanadi. Markazida esa nafislik va latofatni ta’kidlovchi apelsin gullari (flerdoranj), sambak yosmini va tuberozadan iborat betakror guldasta namoyon bo‘ladi. Kompozitsiyani vanil, pachuli, ambra va vetiverning iliq ohanglari yakunlab, iforga chuqurlik, nafosat va yengil ehtiros bag‘ishlaydi.
METAPHOR’ni tanlash uchun 5 sabab:
O‘ziga xoslikni ta’kidlovchi nafis va ishonchli ifor.
Mayinlik va qudrat o‘rtasida mukammal muvozanatlashgan qahrabo-gul kompozitsiyasi.
Terida asta-sekin ochilib boradigan, uzoq saqlanuvchi va ko‘p qirrali shleyf.
Kundalik foydalanish uchun ham, alohida kunlar uchun ham birdek mos keladi.
Uslub va jozibani qadrlaydigan ayol uchun benuqson sovg‘a.
O‘z hikoyangizni so‘zsiz so‘zlashga ijozat bering – qo‘ying, METAPHOR LA RIVE sizning nomingizdan gapirsin!

