KZ Castor — toza va aniq ovozni qadrlaydiganlar uchun KZ’ning simli vakuumli quloqchinlari (IEM).
Har bir quloqchinda ikkita dinamik. Ichida ikkita 10 mm dinamik drayver bor. Biri past chastotalar uchun, ikkinchisi o‘rta va yuqori chastotalar uchun. Bas zich chiqadi, ovozlar va cholg‘ular esa toza eshitiladi va aralashib ketmaydi.
Keng diapazon. 20–40 000 Hz chastotalar — chuqur bas ham, yuqori chastotalardagi mayda detallar ham eshitiladi.
Har qanday qurilmadan baland. Qarshiligi 35 Om, sezgirligi 103–105 dB. Telefon, noutbuk yoki kompyuterdan yaxshi chaladi.
Olinadigan kabel. 2Pin QDC 0.75 mm ulagich. Kabel shikastlansa, uni almashtirish mumkin, quloqchinlar esa qoladi. Mikrofonli kabel ham o‘rnatsa bo‘ladi.
Qulay o‘rnashadi. Korpus quloq shaklini takrorlaydi, silikon quloq uchliklari eshitish yo‘lini yopadi va tashqi shovqinni pasaytiradi.
Nima uchun: musiqa, o‘yinlar (qadam va atrof tovushlari eshitiladi), filmlar, qo‘ng‘iroqlar.
Xususiyatlari:

