Bu o‘yinda siz o‘z irqingizni asosiy kosmik KVORUM (Dunyoni yaxshilovchi aql egalarining jamoaviy koinot birlashmasi) yig‘ilishida taqdim etishingiz kerak. Koinot taqdiri sizning qo‘lingizda. Galaktikalarni tinchlik va farovonlikka olib borish uchun o‘z fikringizni himoya qiling, notiqlik qobiliyatingiz, san’atingiz va bilimdonligingizdan foydalaning.
Siz va Kvorumdagi hamkasblaringiz Koinotdagi barcha irqlarga taalluqli kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishingiz kerak. Masalan:
avlodlar uchun vaqt kapsulasi ichiga qanday ma’lumotlarni joylashtirish kerak?
abadiy hayotga qanday yaqinlashsa bo‘ladi ?
kosmik duellarni qanday to‘xtatish mumkin?
qayg‘u epidemiyasini qanday to‘xtatish mumkin?
Ko‘rib turganingizdek, kun tartibidagi muammolar son-sanoqsiz. KVORUM yig‘ildi, majlis boshlanadi.
Bu o‘yinda siz:
eng aql bovar qilmaydigan o‘zga sayyoralik mavjudotlar rolini sinab ko‘ring;
o‘zingizni siyosatchi va haqiqiy taqdir sohibi sifatida his qilasiz;
notiqlik mahoratingizni oshirasiz;
koinot miqyosidagi o-o-juda jiddiy muammolar haqida bahslashib, chin dildan zavqlaning.
Bu o‘yin kim uchun
Qizg‘in bahslarni sevuvchilar uchun.
Quvnoq davralar va do‘stona kechalar uchun.
O‘zini va do‘stlarini yangi tomondan bilishni istaganlar uchun.

