TURI:: Wi-Fi bilan ishlaydigan •
Rang: Ametist
AfzalliklariSotib olishni tavsiya qilaman
KamchiliklariPuliga yarasha mahsulot
IzohKamerani 375minga sotib oldim. V380 Pro ilovasi orqali boshqarilarkan. Signalizatsiyasi inglizchada 30 sekund ogohlantiradi, kamera pozitsiyalarini o'zgartirib tursa bo'ladi yoki bir nechta pozitsiyalarni saqlab qo'ysa bo'ladi. Obyektni kuzatish tugmasi mavjud, lekin to'liq oxirigacha kuzatmas ekan. Kamerada chiroqlar va tungi chiroqlari mavjud, ularni o'chirish yoki avtomatik rejimga o'tkazsa bo'ladi. Ilova orqali rasm va videolarni telefon galereyasiga tegishli tugmalarini bosgandan boshlab saqlash mumkin, avtomatik saqlamaydi. Ilovadan mikrofon orqali gapirilsa tashqaridagi odam ham eshitib javob bera oladi, ovoz juda baland eshitilarkan. HD va SD rejimda video yozadi, komplektida flesh xotira yo'q, alohida 128Gblik sotib oldim 166ming so'mga. 8-noyabr kuni kechqurundan video yozishni boshladi, hozir 12-noyabr va flesh xotirada 50% xotira uchun joy qolibdi (flesh xotira to'lishi videoning SD, HD turini tanlashga ham bog'liq, menda HD tanlangan). Ilovadan QR kod rasmini saqlab, oilangizdagi boshqa a'zosiga QR kodni bersangiz ham bo'ladi, kuzatuvchilar soni ortadi. Videoni saqlash uchun yana "Облачное хранилище" bor ilovada taklif etiladi lekin u pullik 0,01$ summa yozilgan bu minutigami yoki sekundiga bilmadim, qiziqmadim.