Yosh uchuvchi Jer Bren Yupiter tizimidagi tashlandiq ilmiy bazaga qimmatbaho yukni yetkazib beradi. Oddiy parvoz bir qator aql bovar qilmas sarguzashtlar va qiyin sinovlarga aylanadi. Jer Mars malikasini dushmanlardan qutqarishi kerak, Yer sayyorasiga esa ulkan asteroid shiddat bilan yaqinlashmoqda... Faqat o‘z kuchiga va zaharxanda kibershturmanning maslahatlariga tayanib, Kuryer-619 tavakkal qiladi. Axir kelajak bizga bog‘liq-ku! Kurashish va izlash, topish va taslim bo‘lmaslik kerak!

