Bu kitobda Qur'oni Karimdan Kahf, Yasin, Duxon, Ar-Rahmon, Vokea, Juma, Mulk va Amma kabi suralar mavjud. Kitobda suralarning kirill alifbosida o‘qilishi, ularning ma’no va sifatlari o‘rin olgan. Shuningdek, dinimizning muqaddas kitobi Qur'onda zikr etilgan duolar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qilingan ixlos duolari ham o'rin olgan. Tajvid qoidalariga ko‘ra suralarning talaffuzini, shuningdek, QR kod vositasi yordamida o‘zbek tiliga tarjimasini tinglashingiz mumkin. Ilm va hayot yo'lingizda bu kitob sizlarga qiziq bo'ladi degan umiddamiz, inshoolloh.

