Kitob haqida:
Odamlarning ko‘p avlodlari kundalik yuritgan, ammo endigina psixologlar ularning hayotida biror narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lgan insonlar uchun alohida ahamiyatini e’tirof etmoqda. Haqiqiy shaxsiy yozuvlarni aks ettirgan ushbu kitobda kundalik terapiyasi bo‘yicha taniqli mutaxassis sizni kundalik yuritishning xususiyatlari va uning hayotning turli sohalarida qanchalik foydali ekanligi bilan tanishtiradi:
mavjud muammolarni hal qilishda;
munosabatlarni yaxshilashda;
ong ostini tushunishda;
tushlarni talqin qilishda;
o‘z subshaxsiyatini aniqlashda;
boshdan kechirilgan qayg‘udan so‘ng ruhiy xotirjamlikni tiklashda;
bolalikda olingan ruhiy yaralarni davolash.
Kundalik terapiya hayotingizda yangi ufqlarni ochishning hayratlanarli darajada samarali usuli hisoblanadi. Ushbu kitobda turli xil kundaliklar keltirilgan va ularning aniq natijalarga erishishda foydaliligi tushuntirilgan, vaqt o‘tishi bilan kundalikni qanday qayta o‘qish va ko‘rib chiqish kerakligi hamda boshqa odamlar shaxsiy kundalik yozuvlari orqali qanday qilib shaxsiy o‘sishga erishgani va muammolarini hal qilgani ko‘rsatilgan.
Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
salbiy his-tuyg‘ularni yengish uchun dialoglar tuzish;
obrazlarni subshaxslaringizning tashrif qog‘ozi sifatida tasvirlash;
fikrlarni aniq ifodalash va qarorlar qabul qilish uchun ro‘yxatlar tuzish;
o‘z-o‘zini tahlil qilish va anglash uchun mulohazalaringizni yozib borish;
kasbiy vazifalarni hal qilish uchun kun mavzusini yozib borish;
kundalik yuritishning boshqa ko‘plab usullariga o‘rganish.
Ushbu kitob kimlar uchun mo‘ljallangan
Kundalik yuritayotgan yoki endigina yuritmoqchi bo‘lganlar uchun.
Muallif haqida
Ketlin Adams - kundalik terapiyasi bo‘yicha taniqli mutaxassis, yozuvchi, bir nechta bestseller kitoblar muallifi.

