• Toʻplam 2-3-4 yoshli bolalar uchun moʻljallangan
• Bolalar mashqlarni mustaqil bajarishga o‘rganadi, xatolaridan xulosa chiqaradi va yordam kutib o‘tirmasdan yechim topishga harakat qiladi.
• Har bir mashq qisqa va aniq bo‘lgani uchun bolalar diqqatni jamlashni, vazifani oxirigacha bajarishni va natijaga erishishni o‘rganadi.
• Kitoblardagi qisqa, tushunarli va bosqichma-bosqich tuzilgan mashqlar orqali mantiqiy fikrlash, muammolarni hal qilish hamda tez qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.
• Har bir bajarilgan topshiriq bolaga “Men buni uddaladim!” degan quvonchni his qilish imkonini beradi.
Yaponiyaning “Kumon Publishing Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mashhur “Kumon” metodikasi asosidagi ushbu to'plam 2-3-4 yoshli bolalarga mo'ljallangan. Toʻplamda quyidagi kitoblar mavjud:
– Rangli qalamlar bilan o‘rganaman (2–3–4 yosh)
Qalamni to‘g‘ri ushlash, ranglarni ajratish va mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
– Oson labirintlar (2–3–4 yosh)
Mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, diqqat va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtiradi.
– Raqamlar 1–10 (2–3–4 yosh)
Raqamlarni tanish, sanash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
– Bo‘yash (2–3–4 yosh)
Ijodkorlikni rag‘batlantiradi, ranglarni farqlash va mayda motorikani rivojlantiradi.
“Kumon” metodikasi har bir bolaning o‘rganish salohiyatini to‘liq namoyon etishga qaratilgan. Topshiriqlar bosqichma-bosqich, osondan murakkabga tamoyili asosida tuzilgani sababli bolalar yangi bilim va ko‘nikmalarni qiyinchiliksiz hamda mustaqil ravishda o‘zlashtiradi.

