Kitob: “Raqamli oʻyinlar”
Muallif: Kumon Publishing Co., Ltd.
Nashriyot: “Sakura Books”
Muqova: Yumshoq
Sahifasi: 84 varaq
Shakli: A4 - 210 х 297 mm
Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni oʻrganayotgan bolalar uchun moʻljallangan sifatli qogʻozda chop etilgan. Qogʻozlar hatto qalamni toʻgʻri ushlolmaydigan bolalarning qoʻpollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya’ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson oʻchirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi.
Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob bolaga o‘yin shaklida tartibli sanashni o‘rganishga va 1 dan 150 gacha bo‘lgan sonlarni eslab qolishga yordam beradi. Orttirgan ko‘nikmalari uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish imkonini beradi hamda keyinchalik qo‘shish va ayirish kabi oddiy matematik amallarda muvaffaqiyatga erishishiga ko‘maklashadi.
Kitob kimlar uchun?
Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

