Kitob: “Oson labirintlar”
Muallif: Kumon Publishing Co., Ltd.
Nashriyot: “Sakura Books”
Muqova: Yumshoq
Sahifasi: 84 varaq
Shakli: A4 – 210 × 297 mm
Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o‘rganayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan sifatli qog‘ozda chop etilgan. Qog‘oz qalamga qattiq bosib chizilganda ham yirtilmaydi va bolalarga chiziqlarni qayta-qayta chizish imkonini beradi. Shuningdek, qog‘oz oson o‘chiriladigan xususiyatga ega bo‘lib, mashqlarni takrorlash uchun qulaylik yaratadi.
Kitob haqida qisqacha:
Ushbu kitob bolalarning qalam bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Oson labirintlar orqali bola chiziqlar chizishni, yo‘nalishni kuzatishni va vazifalarni mustaqil bajarishni o‘rganadi. Mashqlar bolalarda diqqatni jamlash, mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Kitob kimlar uchun?
Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan?
Topshiriqlar oddiy va tushunarli labirintlardan boshlanib, asta-sekin murakkablashib boradi. Bola avval labirintning umumiy ko‘rinishini kuzatadi, keyin chiqish yo‘lini topish uchun uni tahlil qiladi va so‘ngra yo‘lni chizib chiqadi. Shu jarayon orqali bolada kuzatuvchanlik, tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.

