• Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan
• Kitob bolalarni asosiy ranglar bilan tanishtiradi.
• Mashqlar qalamni boshqarish va mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
• Topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab tuzilgan.
• Bo‘yash jarayoni diqqatni jamlash va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi.
• Ranglar bilan ishlash bolaning tasavvuri va ijodkorligini rivojlantiradi.
• Kitob yozishga tayyorgarlik uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantiradi.
• Yorqin va qiziqarli rasmlar bolalarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Kitob: Kumon. Bo‘yash
Muallif: Kumon Publishing Co., Ltd.
Nashriyot: “Sakura Books”
Muqova: Yumshoq
Sahifasi: 84 varaq
Shakli: A4 – 210 × 297 mm
Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o‘rganayotgan bolalar uchun maxsus tanlangan sifatli qog‘ozda chop etilgan. Ushbu qog‘oz qalamni boshqarish ko‘nikmalari hali to‘liq shakllanmagan bolalarning chizishlariga ham bardosh bera oladi hamda bo‘yash mashqlarini qulay bajarish imkonini yaratadi.
Kitob haqida qisqacha:
Ushbu kitob bolalarni ranglar bilan tanishtirish va qalamdan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Mashqlar orqali bola ranglarni farqlashni, qalamni boshqarishni hamda bo‘yash jarayonidan zavqlanishni o‘rganadi. Kitobdagi rasmlar bolalarga tanish bo‘lgan mevalar, sabzavotlar, gullar, hayvonlar va boshqa predmetlardan iborat bo‘lib, o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli qiladi.
Kitob kimlar uchun?
Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan?
Topshiriqlar bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab tuzilgan. Avval bola ranglarni tanish va bo‘yash mashqlarini bajaradi, keyinchalik esa turli chiziqlar chizish orqali qalamni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mashqlar bosqichma-bosqich murakkablashib boradi va bolani yozishga tayyorlaydi.

