INGCO HIHDCP28188 INDUSTRIAL kuchaytirilgan di-elektrik bokorezlar 1000 V gacha o‘zgaruvchan tok ostida ishlash uchun mo‘ljallangan. Ular po‘lat simlarni, elektr simlarini hamda o‘rtacha qattiqlikdagi metall buyumlarni (metall sterjenlar, mixlar va boshqalar) kesish va turli slesarlik ishlarini bajarish uchun ishlatiladi.
Sharnir (bo‘g‘in) joylashuvi optimal uzatish momentini ta’minlaydi va kuchaytirilgan konstruksiyaga ega. High Leverage (yuqori richagli uzatma) tizimi tufayli, sharnir kesuvchi qirralarga yaqinroq joylashtirilgan bo‘lib, kesish samaradorligini 30% ga oshiradi.
Asbob xrom-vanadiyli po‘latdan (Cr-V) ishlab chiqarilgan bo‘lib, u yuqori darajadagi korroziyaga va zanglashga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Ikki komponentli, sirpanishga qarshi (rifleniy) tutqichlar 1000 V gacha di-elektrik qoplamaga ega. Tutqichlar ikki rangli TPR plastmassa va rezinalangan materialdan tayyorlangan bo‘lib, qo‘lda sirpanib ketmaydi.

