Aureliya qon malikasi, lekin odamlar uni jodugar deb atashadi. Arvohlar qurshovida u o‘z hayoti uchun doimiy qo‘rquvda yashaydi. Dahshatli qotillik sodir bo‘lganda, Aureliya qochishga majbur bo‘ladi. Qarindosh-urug‘larni tashlab ketish, umidini uzish, begona yurtda bir tiyinsiz sarson-sargardon bo‘lish... Biroq qo‘lni yerga urish qizning tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi. Dushmanlar orasidan u do‘st topadi, o‘z qayg‘usida esa qudratli Tribunalga qarshi turish uchun kuch topadi. Avval Aureliya ko‘plab sirlarni ochishi kerak. Uni qabul qilgan mamlakat hukmdorining o‘g‘li qanday sirlarni saqlaydi? Nega unga allaqachon vafot etgan qirolichaning arvohi ko‘rinadi? Noma’lum kuchni yashirgan qon guli qizga yordam bera oladimi?

