Nike brendi anchadan beri va haqli ravishda sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi deb hisoblanadi. Oregon shtatining Biverton shahridan bo'lgan kompaniya yangi ishlanmalar va “yuqoriga harakat” borasida doimo namuna bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoqda. Ushbu maqolada biz 2000-yillarda chinakam inqilob yasagan noyob Shox texnologiyasi haqida hikoya qilamiz.
Tarix Nike Air Force 1 poyabzalini yaratgan dizayner Bryus Kilgerda mexanik amortizatsiya haqidagi fikrlar hali 1984-yilning o'zidayoq paydo bo'lgandi. O'ylangan rejani hayotga tatbiq etish uchun o'n yildan ortiq vaqt talab etildi. Mutaxassislar oraliq taglikka purjinalarni joylashtirib, ularning ishlashini va yugurish jarayonidagi xususiyatlarini kuzatib borishdi. Tajribalar davom etdi va 1997-yilda bu mashaqqatlarga nuqta qo'yildi: yaratuvchilar (Aron Kuper, Greg Tompson va Brayan Ferris) krossovkalarga ko'pikli ustunlarga ega qo'shaloq plastinkalarni joylashtirdilar, bu esa ularni chinakam futuristik ko'rinishga keltirdi.

