Kundalik kiyishga mos, sodda va klassik ko‘rinishdagi erkaklar krossovkasi. Modelning asosiy afzalligi — qalin taglik va sun’iy charm ustki qism. Shu sababli uni faqat quruq ob-havoda emas, balki salqin, yomg‘irli, qorli yoki loyli kunlarda ham kiyish mumkin.

Krossovkaning tashqi qismi silliq va parvarish qilish oson. Kir yoki loy tekkanida yumshoq nam mato bilan tozalash kifoya. Qalin taglik esa oyoqni yerning sovuqligi va namligidan yaxshiroq ajratib turadi.
Dizayni sport uslubiga haddan tashqari yaqin emas, shu sababli uni jinsi, klassik shim, cargo yoki kundalik kiyimlar bilan bemalol moslashtirish mumkin. Model 4 xil rangda mavjud — garderobingizga mos variantni tanlash imkoniyati bor.
O‘lcham tanlashda mahsulot kartasida joylashtirilgan o‘lcham jadvaliga qarash muhim. Oyoq uzunligini o‘lchab, jadvaldagi ko‘rsatkich bo‘yicha tanlash tavsiya qilinadi.
Buyurtma berishda yana bir jihatni oldindan bilib qo‘yishingizni istaymiz: mahsulot oyoq kiyim karopkasiz yuboriladi. Yetkazib berish vaqtida mahsulot ehtiyotkor tarzda qadoqlanadi. Karopkaning yo‘qligi mahsulotning sifati yoki foydalanishga yaroqliligiga ta’sir qilmaydi.
Agar buyurtmani olganingizdan keyin mahsulot bo‘yicha savol, nuqson yoki boshqa muammo aniqlansa, sotuvchining chatiga yozing. Vaziyatni ko‘rib chiqib, yechim topishga yordam beramiz.

