Genri Kissinjer - amerikalik davlat arbobi, diplomat va xalqaro siyosat bo‘yicha ekspert. U 1969–1975 yillarda AQSh prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi, 1973–1977 yillarda esa AQSh davlat kotibi lavozimida ishlagan. 1973 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Kissinjer dunyodagi eng nufuzli siyosatshunoslardan biri hisoblanadi.
Doktor Kissinjer prezident Richard Nikson ma’muriyatida ishlagan davrida telefon suhbatlarining stenogrammalari muntazam ravishda yozib borilgan. 2001 yildan boshlab AQSh Milliy arxivida saqlanayotgan ushbu stenogrammalar ommaga ochiq bo‘ldi.
Bu yozuvlar va ularga Genri Kissinjer tomonidan berilgan izohlar muhim qarorlar qabul qilingan muhitni hamda Amerika siyosati qanday munosabatlarga tayanib qurilganini ko‘rsatadi. Kitobda ikki inqiroz muhokama qilinadi - 1973 yil oktabrida Yaqin Sharqda yuz bergan arab-Isroil urushi va 1975 yilda Vetnamdan yakuniy chiqib ketish.

