Taniqli hind yozuvchisi Krishan Chandr yosh kitobxonlarga shunday murojaat qilgan edi:
„Siz bu kitobda bir vaqtning o'zida ikki hikoyani o'qiysiz. Sababi bolalarga ularning tasavvurlariga yaqin, ajoyib sehrli ertak taqdim qilmoqchi bo'ldim. Shu bilan birga bolalar bilan jiddiy narsalar haqida gaplashmoqchi, ularga mamlakatimiz va boshqa o'lkalar haqida hikoya qilib bermoqchi bo'ldim".
Krishan Chandr asarlari ravon tili, o'ziga xos uslubi bilan hamon o'quvchilar e'tiborida. Shu bois ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar sizga manzur bo'lishiga ishonamiz.

