Mashhur shaxslar, ayniqsa, dunyoning eng boy insonlari hayoti haqida gap ketsa, ko'pchilikda bu mavzu qiziqish uyg'otadi, ammo ular bosib o'tgan shonli yo'ldagi mehnatu mashaqqatlarga dosh berish hamda sinovlardan faqat g'olib bo'lib chiqish, kerakli qarorni o'z vaqtida qabul qilish zehniyu ilmi hammada ham yetarli bo'lavermaydi. Mazkur kitob orqali bugun hayot va faoliyatidagi sarguzashtlar hikoya qilinadigan Ilon Mask shaxsiyati qirralari haqida tanishar ekansiz, yuqoridagi fikr bot-bot xayolingizdan kechishi mumkin.
Ushbu kitob mutolaasi shu jihati bilan ahamiyatliki, yoshlarni o'z maqsadi sari ilgarilayotgan og'ir damlarda uchragan barcha to'siq va qiyinchiliklarni mardonavor yengib o'tishga ilhomlantirsa, ota-onalarga esa farzandlari kamoli uchun zarur shart-sharoitlarni hozir qilish, ular- ning qiziqishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, tafakkurini o'stirish, bilimini rag'batlantirish naqadar lozim va lobud ekanini hayotiy muhim misollar vositasida uqtiradi.
ISBN : 9789910708213
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 224
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Kris Maknab

