• Kris Maknab: Google
Google paydo bo‘lgunga qadar ham internet qidiruv xizmatini amalga oshiruvchi bir necha kompaniyalar faoliyat yuritishgan. Biroq Google dunyoga kelgach, foydalanuvchilar ommaviy tarzda uni tanlashdi. Xo‘sh, Google’ ning raqobatchilaridan ustunligi nimada edi? Uning asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj gigant korporatsiyani yaratgunga qadar qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishdi? Odamlarga qulay xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish uchun qanday choralarni qo‘llashdi? Ushbu kitob shu kabi savollarga javob beradi.

