Kitob haqida
Ushbu kitob hayotingizni o‘zgartirishga yordam beradi. Unda o‘z biznesi o‘zini o‘zi anglashning kalitiga aylangan kishilarning tavsiyalari jamlangan. Uning barcha qahramonlari hech qanday maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lmasalar-da, sevimli mashg‘ulotlarini daromad manbaiga aylantirishga va hayotlarini tubdan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishgan, buning evaziga esa erkinlik va mamnuniyatga erishishgan. Kichikdan boshlashga urinib ko‘ring. O‘z biznesingizni boshlash uchun juda oz vaqt va mablag‘ talab etiladi va faqat muvaffaqiyatga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, eski kasbingizni tashlab, so‘nggi, hal qiluvchi qadamni qo‘yasiz va o‘zingiz xohlagancha yashashni boshlaysiz.

