• Kressida Kovell: Ajdar o'rgatuvchilar
Dahshatli Chiyildoq Haddok III hayotidagi eng xavfli sarguzashtga otlanmoqda.
Chiyildoqning ajdari Kemshik o'zi ahmoq deya hisoblovchi vikinglar yordamiga muhtoj bo'lib qoldi.
Negaki rimliklar Chiyildoqning "Ajdar tilida so'zlashish" nomli qo'llanmasiga qo'shib Kemshikni ham o'g'irlab ketishdi. Ko'p o'tmay, ajdari o'g'irlanganidan qayg'uga botgan Chiyildoq va uning do'sti Baliqoyoq ham rimliklar tomonidan oʻgʻirlanib, Yovuzlik qal'asiga olib ketildi.
Chiyildoqning zimmasidagi vazifa yanada og'irlashdi. Endi u oʻzi va do'stlarini ozod etish yo'lini topishi lozim. Xo'sh, Chiyildoq bu gal ham qahramonlik ko'rsata oladimi? Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.

