YUZ OVALINI TIKLASH
Kremning hashamatli formulasi terining regeneratsiya jarayonlarini va yuz ovalini tiklashni faollashtiruvchi, yoshartiruvchi va taranglashtiruvchi «yulduzli» komponentlarni o‘zida mujassam etgan.
Nanoretinol hujayralarning yangilanishini rag‘batlantiradi, terining elastikligini oshiradi, ajinlarni kamaytiradi va yuz rangini yaxshilaydi.
Meduza kollageni teridagi o‘z kollageni yetishmovchiligini to‘ldiradi, yuz ovalini mustahkamlaydi, terini yanada elastik va zich qiladi, ajinlarni tekislaydi.
4 ta peptiddan iborat kompleks teri yuzasini tekislaydi va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni kamaytiradi. Uning samaradorligi isbotlangan**:
• teri elastikligini 38% ga oshiradi
• teri silliqligini 74% ga yaxshilaydi
Zamonaviy lifting komponentlari terining osilib qolishiga qarshi kurashadi, yuz ovalini taranglashtiradi va konturlarning aniqligini tiklaydi.

