✨ RHODE Pocket Blush Spicy Marg — har kuni chiroyli, yangi va nafis makiyaj qilish uchun qulay kremli rumyana stik.
Spicy Marg — iliq korall rangdagi yorqin va zamonaviy ottenok 🌺 Yuzga tetiklik beradi, yonoqlarni jonli ko‘rsatadi va tabiiy rumyana effektini yaratadi. Rangni yengil surtib kundalik mayin makiyaj qilish mumkin yoki bir necha qatlam qilib yanada yorqinroq natija olish mumkin.
Teksturasi yumshoq, kremli va oson tarqaladi 💫 Barmoq, cho‘tka yoki sponj bilan surtish mumkin. Dog‘ bo‘lib qolmaydi, teri bilan chiroyli qo‘shilib ketadi va og‘irliksiz silliq, yengil yaltiroq finish beradi.
💖 Mahsulot xususiyatlari:
— kremli tekstura
— qulay stik formati
— Spicy Marg ottenok
— yorqin korall rang
— yonoq va lab uchun mos
— oson rastushovka bo‘ladi
— qatlamlab surtish mumkin
— yuzga tetik va chiroyli ko‘rinish beradi
— sumkada olib yurishga qulay
⏳ Mustahkamligi: rumyana kun davomida yaxshi turadi, ayniqsa tayyorlangan yuzga surtilsa va ustidan yengil pudra yoki makiyaj fiksatori ishlatilsa. Rangi sezilib turadi, lekin juda tabiiy va nafis ko‘rinadi.
🌸 Kimlar uchun mos: yangi, yorqin va chiroyli makiyajni yaxshi ko‘radiganlar uchun. Korall rang yuzni ochib ko‘rsatadi va “sog‘lom, tetik yuz” effektini beradi.


