• для сухой кожи
• смягчение; восстановление; заживление
10% MOCHEVINA
PANTENOL
kokos moyi
QO‘LLASH KO‘RSATMALARI
• quruq va juda quruq teri.
• po‘st tashlash va ta’sirlanish
• terining haddan tashqari qurishi natijasida yuzaga keladigan mikro yoriqlar
Yuqori konsentratsiyali tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan krem-balzam, ayniqsa, quruq va juda quruq terini intensiv oziqlantirish, namlash, tiklash va himoya qilish uchun tavsiya etiladi. Faol formula tarkibida 10% mochevina (Urea) mavjud bo‘lib, u terini hatto chuqur qatlamlarda ham juda tez va samarali namlaydi, terining haddan tashqari qurishi natijasida yuzaga keladigan po‘st tashlash, ta’sirlanish va mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Pantenol (Panthenol) terining quruqligi va tarangligi hissini bir zumda yo‘qotadi, unga uzoq muddatli qulaylik beradi, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi.
Kokosning o‘ta to‘yimli moyi epidermis hujayralarini almashtirib bo‘lmaydigan lipidlar bilan to‘yintiradi, terini jadal tiklaydi, uning himoya qobig‘ini mustahkamlaydi.
Дополнительные активные компоненты:
Jojoba va shirin bodom moylari vitamin bilan birgalikda terini jadal oziqlantiradi va namlaydi, uning tarangligi va elastikligini oshiradi, haddan tashqari qurib ketishdan, ta’sirlanish va yoriqlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi.
Almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari, vitaminlar va fitosterollarning tabiiy kompleksi sezgir va qizargan terini samarali tinchlantiradi, qichishishga qarshi va yumshatuvchi ta’sirga ega.
Lanolin, allantoin va betayin terini sog‘lomlashtiradi, tekislaydi va yumshatadi.
MUTTASIL QO‘LLANILSA, TERI SILLIQ VA YUMSHOQ BO‘LADI, QURISHMAYDI, SHILIMLANMAYDI VA TA’SIRLANMAYDI.
Tarkibida mineral moylar, spirt, bo‘yoqlar yo‘q.
Gipoallergen hid beruvchi vosita.

