Krem kun davomida terini intensiv oziqlantiradi faol yumshatadi, quruqlikni bartaraf etadi teriga ipakdek silliqlik baxsh etadi tez va mayin singadi Noyob krem teridagi quruqlikni bir zumda bartaraf etib, uni qimmatli oziqlantiruvchi moddalar bilan intensiv toʻyintiradi, yumshatadi va uzoq vaqt davomida qulaylik hissini bagʻishlaydi. Qimmatli argana va shirin bodom moylari bilan boyitilgan boʻlib, yaqqol multieffekt koʻrsatadi: shirin bodom moyi terini zarur oziqlantiruvchi moddalar bilan toʻyintiradi, uning egiluvchanligi va qayishqoqligini oshiradi, koʻz ostidagi qora doiralarni, qovoqlardagi shish va koʻpchishlarni bartaraf etadi; argana moyi teri yoshligi uchun noyob elementlarni oʻz ichiga oladi, buning sharofati bilan yuz ovalini mustahkamlaydi, ajinlar chuqurligini kamaytiradi, kollagen tolalarini yemirilishdan himoya qiladi. Yengil va silliq teksturasi tufayli krem tez va mayin singadi, ilk qoʻllashdayoq teriga ipakdek silliqlik baxsh etib, yogʻli yaltiroqlik qoldirmaydi. Faol komponentlar: Shirin bodom moyi Bodom moyining foydali xususiyatlari boy tarkibi tufayli namoyon boʻladi: tokoferol, fitosterol, triolein, amigdalin, E, A, F vitaminlari, B guruhi vitaminlari, shuningdek mikroelementlar — kaliy, fosfor, temir, rux, marganets. Kosmetikada qoʻllaniladigan moylar orasida bodom moyi eng ommaboplaridan biridir. U tez singadi, terini samarali oziqlantirib, tekislaydi va yumshatadi, terining lipid va suv balansini tartibga solishga yordam beradi, qarishdan himoya qiladi hamda hujayralar regeneratsiyasini tezlashtiradi. U mayda ajinlarni, jumladan koʻz atrofidagi ajinlarni muvaffaqiyatli tekislaydi, yetuk terini yanada qayishqoq qiladi, unga yangilik va egiluvchanlikni qaytaradi. Argana moyi Argana moyi taxminan 80% toʻyinmagan yogʻ kislotalaridan iborat boʻlib, uning tarkibida ancha yuqori konsentratsiyada sterinlar, triglitseridlar, tabiiy antioksidantlar, triterpen spirtlari — tabiiy antibiotiklar mavjud. Argana moyi juda kuchli antioksidant taʼsirga ega. U teri hujayralariga chuqur kirib, terining oʻz-oʻzini tiklash jarayonlarini faollashtiradi. Oziqlantiruvchi, tonuslantiruvchi, regeneratsiyalovchi va yoshartiruvchi xususiyatlari tufayli sayoz ajinlarni tekislashga yordam beradi, terini sezilarli darajada yoshroq, qayishqoq va egiluvchan qiladi, uning keyingi qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Argana moyli vositalarni muntazam qoʻllashda ular terini zarur oziqlantiruvchi moddalar bilan toʻyintiradi, poʻst tashlash va tortishish hissini bartaraf etadi, teriga hashamatli silliqlik, yumshoqlik, mayinlik va goʻzallik baxsh etadi. Argana moyi arganiya daraxti mevalarining urugʻlaridan (magʻizlaridan) sovuq siqish usuli bilan olinadi. Ushbu moy dunyodagi eng noyob va qimmatbaho moylardan biri hisoblanadi, chunki argana daraxti faqat Marokash hududida oʻsadi, moyni olish jarayoni esa juda mashaqqatlidir. Ushbu sifatlari uchun moy yana bir nomga — suyuq oltin nomiga ega boʻlgan.

