Krem-aktiv — bu VITEX mutaxassislari tomonidan fransuz olimlari bilan hamkorlikda yaratilgan namlantiruvchi teksturalarning yangi avlodidir
Noyob, boy va shu bilan birga mayin formulasi teriga oson singib, namlantiruvchi ingredientlarni uning chuqur qatlamlariga yetkazadi. Tarkibidagi faol komponentlarning yuqori miqdori tufayli tez va sezilarli natijaga erishiladi: teri ko‘z o‘ngingizda namlikka to‘yinadi, haddan tashqari quruqlik tufayli paydo bo‘lgan mayda ajinlar tekislanadi, yuz rangi bir tekis bo‘ladi.
Kuchli namlantiruvchi HYDRO Power-complex samaradorligi isbotlangan* bo‘lib, terining 120 soatgacha uzluksiz ultra-namlanishini ta’minlaydi: epidermisdagi tabiiy namlik darajasini tiklaydi, namlik yo‘qolishining oldini oluvchi to‘siq hosil qiladi, terini mustahkamlaydi, suvsizlanish va elastiklikning pasayishidan himoya qiladi.
Osiyo sentellasi terida o‘z kollageni va gialuron kislotasi ishlab chiqarilishining tabiiy jarayonini faollashtiradi, ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi, yuzni yangilaydi va teri rangini yaxshilaydi.
Konsentrlangan gialuron kislotasi terining «chanqog‘ini qondiradi» va namlikni uning chuqur qatlamlarida ushlab turib, bug‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi, quruqlik va teri tarangligining yo‘qolishining oldini oladi.
Pepha-ctive teri yuzasida yengil yoshartiruvchi qatlam hosil qilib, taranglashtiruvchi va tekislovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qimmatbaho jojoba yog‘i va E vitamini (yoshlik vitamini) hujayralarni zarur lipidlar va antioksidantlar bilan boyitadi, erkin radikallarga qarshi kurashadi hamda teri qarishining ko‘rinadigan belgilarini sekinlashtiradi.
Ta’siri vaqt o‘tishi bilan kuchayadi va uzoq vaqt saqlanadi.
*Provital kompaniyasi (Fransiya) tomonidan isbotlangan.
Natija: krem surtilishi bilanoq teri nihoyatda namlangan, tarang, ipakdek mayin va yorqin ko‘rinishga ega bo‘ladi. Muntazam qo‘llanilganda epidermisning barcha qatlamlarida namlik yetishmovchiligi bartaraf etiladi, ajinlar kamayadi, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar sekinlashadi, terining zichligi va silliqligi yaxshilanadi.

