• Yumshoq muqova
• Xatcho‘p Hadya
• Qog'oz rangi: Oq
• Sahifalar soni: 252
"Muvaffaqiyatga qanday erishish mumkin?" - bu hozir eng dolzarb savolga o‘xshaydi. Bizga doimo qandaydir "muvaffaqiyatli muvaffaqiyat" haqida gapirishadi. Unga qanday yetib borish haqida muqaddas bilimni va’da qilishadi. Muvaffaqiyatli odamlar haqidagi hikoyalarni qalashtirib tashlashadi va umuman qo‘llaridan kelgancha motivatsiya berishadi. Lekin bularning hammasi, o‘zingizga ma’lum, ish bermaydi. Bu kitob ilmiy nuqtayi nazardan "muvaffaqiyat" nima ekanligi haqida. Inson muvaffaqiyatini belgilovchi neyrofiziologik mexanizmlar bilan tanishasiz. "Men nimani xohlayotganimni bilmayman" va "Men o‘zimni qanday majburlashni bilmayman" deganlarga neyrologiya qanday javob berishini bilib olasiz. Fan biz haqimizdagi va "muvaffaqiyat" deb atalmish haqiqatni allaqachon biladi. Siz uni tanib olishga tayyormisiz? Andrey Kurpatov - 8 milliondan ortiq nusxada sotilgan bestsellerlar muallifi, psixoterapevt shifokor, Oliy metodologiya maktabi prezidenti, "Aql o‘yinlari" intellektual klasteri asoschisi, Sberning Neyron fanlar va ekotizimdagi inson xulq-atvori laboratoriyasi ilmiy rahbari. Psixiatriya, psixoterapiya, psixologiya, falsafa va metodologiya bo‘yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar va 12 ta monografiya muallifi. "Qizil tabletka-2" kitobi onangiz, dugonangiz, do‘stingiz, boshlig‘ingiz, psixologiya, o‘z-o‘zini rivojlantirish, fikrlash bo‘yicha kitoblarga qiziquvchilarning tug‘ilgan kuniga ajoyib sovg‘a bo‘ladi, hatto o‘smir uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

