Tovar tavsifi:
Ushbu kitob XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Margʻilonda yashab o'tgan ulug' alloma, shariat va tariqat ilmlari bilimdoni, labuyl-ilm sohibi, faylasuf va alloma Xolmuhammad domla Margʻiloniyning hayoti, ilmiy faoliyati va karomatlari haqida hikoya qiladi. Zohir ko'zi ko'rmasa-da, qalb ko'zi ochiq bo'lgan mazkur alloma haqida so'z yuritishni bahonasida ma'naviy kurik va ko'zi ochiqlik borasida ham keng qamrovli bahs yuritilgan.
Kitob ilm-ma'rifat yo'lida qilingan mehnat-mashaqqat hech qachon zoe bo'lmasligi, himmat sohibi uchun ma'naviy kamolot yo'li doim ochiq ekani haqida ibratli xulosalar chiqarish imkonini beradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning xulosasi asosida nashrga tayyorlangan. "Noshir" nashriyotida 2023-yilda chop etilgan mazkur 280 sahifali ma'naviy-ma'rifiy kitob barcha kitobxonlar uchun foydalidir
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Ko'zni yumgil, ko'zga aylansun ko'ngil (yoxud Xolmuhammad domla Margʻiloniy manoqibi)
Turkum: Margʻilon allomalari
Muallif: Rahmatulloh Fayzullaev
Mas'ul muharrir: Nodirjon Abdulahatov
Tarizchilar (Taqrizchilar): Ikromiddin Ostonakulov (t.f.d.), Shovosil Ziyodov (t.f.d.)
Nashriyot: "Noshir" nashriyoti
Nashr yili: 2023
Sahifalar soni: 280 bet
ISBN: 978-9943-6206-4-3
O'Sh K / KBK: O'Sh K: 28-725(575.121), KBK: 86.38(5O)
Din ishlari qo'mitasi xulosasi: № 03-07/7033-sonli xulosa
Til: O'zbek tili
Yosh cheklovi: 12+ (Keng kitobxonlar ommasi uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


