PUPA Vamp! Liquid Eyeshadow №003 Smokey Lilac — yaltirash effektiga ega ko‘zlar uchun suyuq ten. Tutunrang lilak tusi makiyajga chuqurlik va nafis yorqinlik beradi. Yengil teksturasi ko‘z qovoqlariga oson va bir tekis surtiladi. Maxsus polimerlar vositani oson yoyish va qoplamaning uzoq saqlanishiga yordam beradi. Pigmentlar va marvaridsimon zarrachalar chiroyli metallik effekt yaratadi. Mahsulot klinik va oftalmologik sinovlardan o‘tgan.

