Bobur ijodiy merosi bilan tanish kitobxon uning ohanrabosi va go‘zalligini yaxshi his qiladi. Shoirning hayotidagi iztiroblari, Vatanidan mosuvo bo‘lishi, hasratlari va ko‘ngil nidolari uning go‘zal she’riyatida o‘z aksini topgan. Mazkur to‘plamga Zahiriddin Muhammad Boburning ko‘ngil mulkiga mansub go‘zal namunalar jamlangan.

