Charlotte Tilbury Instant Eye Palette - Starry Eyes To Hypnotise ko'z uchun sehrli tenlar paletkasi 4 ta mukammal obrazga (Happy Glow, Love Glow, Dream Glow, Seduce Glow) bo'lingan 12 ta yuqori pigmentli rangni o'zida jamlaydi. Paletkada tekis yoyiladigan va to'kilib ketmaydigan mat, yaltiroq va metallik tuslar taqdim etilgan. U kunlik mayin pardozdan tortib, sehrli, jozibali va gipnoz qiluvchi kechki ko'z pardozigacha bo'lgan turli obrazlarni oson va tez yaratishga imkon beradi.

